Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/814
NamDPI vakili ICTWEEK doirasida hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etdi
26 сентябр 2026
NamDPI vakili ICTWEEK doirasida hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etdi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan ICTWEEK axborot texnologiyalari haftaligida Namangan davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi rahbari Baxtiyor Yo‘ldashev ishtirok etdi.
Haftalik doirasida OneNET kompaniyasi, Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi, IT Park Namangan filiali, InnoMAX kompaniyasi hamda Respublika kiberxavfsizlik davlat muassasasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlarda raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida IT Park Namangan filiali va NamDPI Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik raqamli ta’limga oid qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.