info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

MAKTEK Eurasia 2026 xalqaro ko‘rgazmasida Namangan davlat pedagogika instituti vakili ishtirok etmoqda

23–26-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida yilning yirik va nufuzli sanoat tadbirlaridan biri — MAKTEK Eurasia 2026 hamda MÜSİAD EXPO xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

26 сентябр 2026 Yangiliklar 7 marta ko‘rilgan

MAKTEK Eurasia 2026 xalqaro ko‘rgazmasida Namangan davlat pedagogika instituti vakili ishtirok etmoqda

23–26-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida yilning yirik va nufuzli sanoat tadbirlaridan biri — MAKTEK Eurasia 2026 hamda MÜSİAD EXPO xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistondan tashrif buyurgan Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori Madaminova Oydina Mahmudjon qizi ham faol ishtirok etmoqda.

MÜSİAD EXPO Turkiya va mintaqadagi yirik ko‘p tarmoqli savdo platformalaridan biri bo‘lib, unda turli sohalarda faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilar, yetakchi kompaniyalar, investorlar, tadbirkorlar hamda xalqaro xaridorlar jamlangan.
Ko‘rgazmada sanoat, energetika, mashinasozlik, polimer mahsulotlari, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, qurilish materiallari, avtomatlashtirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida B2B biznes uchrashuvlari, xalqaro xaridorlar delegatsiyalari hamda maxsus networking tadbirlari tashkil etilib, ishtirokchilarga yangi biznes hamkorlar topish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma O‘zbekiston vakillari uchun Turkiya va boshqa davlatlar tadbirkorlari bilan tajriba almashish, zamonaviy sanoat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing