info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Ilmiy anjumanlar

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida “Pedagogik ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

29 сентябр 2026 Ilmiy anjumanlar 9 marta ko‘rilgan

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

 Namangan davlat pedagogika institutida “Pedagogik ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

➡️ Anjuman 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda pedagogik ta’limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini ta’minlash hamda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Tadbirni institut rektori, falsafa fanlari doktori, professor Xusanov Bahodir Ergashevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida bugungi kunda pedagogik ta’lim oldida turgan muhim vazifalar, zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlashning dolzarb jihatlari hamda ilm-fan va ta’limning o‘zaro uzviyligini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

➡️ Anjuman davomida pedagogik ta’limning yangi arxitekturasi va uni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, ta’limni rivojlantirishning dolzarb muammolari va tendensiyalari, pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, sun’iy intellekt davrida matematik tafakkur va inson salohiyatini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarning natijadorligi va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, sun’iy intellekt ta’sirida ta’lim paradigmalarining transformatsiyasi kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.

➡️ Xususan, zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim mazmuni va metodlarini yangilash, ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish, maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish hamda pedagogik ta’limning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

➡️ Mazkur ilmiy-nazariy anjuman professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida ilmiy fikr almashish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagogik ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oya va takliflarni muhokama qilish uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing