Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/822
ILM-FAN SOHASIDAGI SAMARALI FAOLIYAT E’TIROF ETILDI
29 сентябр 2026
ILM-FAN SOHASIDAGI SAMARALI FAOLIYAT E’TIROF ETILDI
➡️ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Pedagogik ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman doirasida Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil davomida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
➡️ Taqdirlash marosimida institutda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, ilmiy natijadorlikni oshirish, ilmiy-innovatsion faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hamda institutning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning faoliyati e’tirof etildi.
➡️ Faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilarga Namangan davlat pedagogika instituti rektorining Tashakkurnomasi topshirildi hamda ularning samarali ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
➡️ Mazkur e’tirof institutda ilm-fan va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish hamda ilmiy natijadorlikni yanada oshirishga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.
➡️ Ilmiy izlanish va innovatsion faoliyatda yuqori natijalarga erishayotgan barcha professor-o‘qituvchilarni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz. Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz yangi ilmiy yutuqlar va katta natijalarga xizmat qilsin!
Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!