info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Qadr topgan kasb: Nurli xotiralar va samimiy muloqot

Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviy yuksalishi va kelajagining porloqligi ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati, ezgu ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

02 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviy yuksalishi va kelajagining porloqligi ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati, ezgu ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Har yili 1-oktyabr yurtimizda “Ustoz va murabbiylar kuni” sifatida keng nishonlanib, yillar davomida yosh avlodga ilm ulashib, o‘zining nurli qalbini baxsh etgan faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatiladi.
Ana shunday ezgu an’ana davomchisi sifatida Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari: A.Sayfitdinov, Sh.Xudoyqulov, J.Muxitdinova, Sh.Tursunova, G.Xusayinovalar tomonidan uzoq yillar ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustoz Damirjon Nugmanov ustoz xonadoniga tashrif buyurishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida ustozning o‘tgan yillardagi esdaliklari, o‘quvchilar bilan bog‘liq qiziqarli voqealari yodga olindi. Mehmonlar ustozga ko‘rsatgan fidokorona mehnati, yosh avlod tarbiyasidagi ulkan hissasi uchun o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi. Dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbat faxriy ustozning ko‘ngliga xushnudlik ulashib, uning yuzida tabassum uyg‘otdi.
Darhaqiqat, ustozni e’zozlagan, qadriga yetgan elning ertangi kuni yorug‘, kelajagi buyuk bo‘ladi. Keksalarni e’zozlash, faxriylardan xabar olish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bunday tadbirlar yosh avlodni insoniylik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbaa: https://namspi.uz/uz

Maqolani ulashing
O
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing