info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TARIXIY G‘ALABA MUBORAK!

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi!

02 октябр 2026 Yangiliklar 9 marta ko‘rilgan

♟ TARIXIY G‘ALABA MUBORAK!

🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi!

Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz muddatidan oldin chempionlikni naqd qildi va 4 yil ichida ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi!

Musobaqada Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminovlar jahonning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.

Vakillarimiz ketma-ket uchta Olimpiadaning barchasida shohsupaga ko‘tarilib, tengsiz natija qayd etmoqda:

🥇 2022-yil, Chennay — Oltin
🥉 2024-yil, Budapesht — Bronza
🥇 2026-yil, Samarqand — Oltin

Tarixiy g‘alaba bilan butun xalqimizni samimiy muborakbod etamiz!

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing