info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Stol tennisida — talabalarimizdan munosib natijalar!

Toshkent shahrida sportning stol tennisi bo‘yicha ICSD turidan O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar qatorida Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etdilar.

02 октябр 2026 Yangiliklar 17 marta ko‘rilgan

Toshkent shahrida sportning stol tennisi bo‘yicha ICSD turidan O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar qatorida Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etdilar.Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda talabalarimiz o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyish etib, quyidagi natijalarni qayd etdilar:🥇 Qozaqova Azima — juftlik bahslarida 1-o‘rin;🥈 Qurbonaliyev Qahramon — 2-o‘rin;🥉 Hakimjonov Ozodbek — 3-o‘rin.🏆 Ushbu natijalar institutimiz talabalarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jismoniy tayyorgarligi va o‘z ustida muntazam ishlayotganining yana bir amaliy ifodasidir.G‘olib va sovrindor talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yorqin g‘alabalar tilaymiz! 👏🏓

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing