Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/849
Namangan davlat pedagogika instituti talabasi “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘olibi bo'ldi
02 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti talabasi “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘olibi bo'ldi
2026-yilning may oyidan boshlab o‘tkazib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 24 nafar g‘olibi aniqlandi.
Quvonarli jihati, ushbu tanlovning Aniq va tabiiy fanlarga mansub taʼlim yoʻnalishlari bo'yicha "Biotauch audio" innovatsion loyihasi bilan ishtirok etgan Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi Xakimbekova Muslima Otabek qizi 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
💐 Muslima Otabek qizni ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!