Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/851
“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVI: NAMANGANLIK TALABA-QIZLAR YUQORI NATIJALARNI QAYD ETDI
03 октябр 2026
Tanlov loyihalarini baholashda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Xilola Sultanova boshchiligidagi soha mutaxassislari hamda viloyatning tegishli yo‘nalishlari vakillaridan iborat hakamlar hay’ati faoliyat olib bordi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Namangan davlat pedagogika instituti talaba-qizlari 6 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar:
🥇Mahmudjanova Gulsanam Baxromjon qizi — Raqamli ta’lim
🥇Hakimova Hushro‘y Baxodir qizi — Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari
🥈Obidova Zarina Oimjon qizi — Dasturiy ta’minot
🥈Abdulnazarova Husnida Dilmurod qizi — Avtomatlashtirilgan tizimlar (mexatronika va robototexnika)
🥉Mo‘ydinova Dilafruz Muzaffar qizi — Mobil ilova
🥉Azimjanova Dilnavo Anvarjon qizi — Sun’iy intellekt
🥉Nematullayeva Gulinur Nasimjon qizi — Veb-ishlanma
🏆 1-o‘rin sohiblari Mahmudjanova Gulsanam Baxromjon qizi va Hakimova Hushro‘y Baxodir qizi tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Tanlovni tashkil etish va talaba-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Dexkonova Guljaxon Axmadjanovna tomonidan tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
⚠️ Eslatma: “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichi 9-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.