Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/863
Bitiruvchi talabalar uchun qo‘shimcha kvalifikatsiya olish imkoniyati
03 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga o‘z mutaxassisligi bilan bir qatorda qo‘shimcha kvalifikatsiya olish imkoniyati yaratilmoqda.
Ya’ni, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar asosiy diplom yo‘nalishidan tashqari, belgilangan qo‘shimcha kvalifikatsiyaga ham ega bo‘lishlari mumkin:
— Fizika va astronomiya → Matematika va informatika;
— Matematika va informatika → Fizika va astronomiya;
— Texnologik ta’lim → Fizika va astronomiya;
— Kimyo → Biologiya;
— Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi → Tarix;
— Tarix → Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
— Fizika va astronomiya → Texnologik ta’lim;
— Boshlang‘ich ta’lim → Maxsus pedagogika (Logopediya);
— O‘zbek tili va adabiyoti → Maxsus pedagogika (Logopediya);
— Ona tili va adabiyoti: rus tili → Maxsus pedagogika (Logopediya);
— Jismoniy madaniyat → Psixologiya: amaliy psixologiya;
— Pedagogika → Psixologiya: amaliy psixologiya;
— Maktabgacha ta’lim → Psixologiya: amaliy psixologiya;
— Boshlang‘ich ta’lim → Maktabgacha ta’lim;
— Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi → Maktabgacha ta’lim.
Qo‘shimcha kvalifikatsiya olish tartibi, talablar va boshqa batafsil ma’lumotlar bo‘yicha o‘z ta’lim yo‘nalishingiz kafedra mudiriga murojaat qilishingiz mumkin.