Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/945
NAMDPIDA — “QUSH ESDALIGI” KINOFILMI NAMOYISHI
11 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy adabiyotimizning buyuk namoyandalari hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ichki turizm yo‘nalishi doirasida kinofilm namoyishi tashkil etildi.
Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari A. Inomjonov va A. Raxmonazarovalar hamkorligida Tarix hamda Ijtimoiy ish yo‘nalishlari talabalari uchun buyuk ma’rifatparvar adib, shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Qush esdaligi» filmi namoyish etildi.
Mazkur filmda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Cho‘lponning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, uning qatag‘on qurboniga aylanishi hamda bu fojiaga sabab bo‘lgan tarixiy-siyosiy jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, filmda sobiq Rossiya imperiyasi siyosatining salbiy oqibatlari va adibning qatag‘on qilinishiga olib kelgan xiyonatlar ham o‘z aksini topgan.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning tarixiy voqeliklarga nisbatan bilim va tasavvurlarini boyitish, milliy adabiy merosimizga hurmatini oshirish hamda buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini chuqur anglashga xizmat qiladi