Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1266
QÖŞMA TA’LIM DASTURI MAGISTRANTLARI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
22 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida institut hamda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida amalga oşirilayotgan qöşma ta’lim dasturi magistrantlari bilan institut rahbariyati uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuvda institut rektori v.v.b. M. Qodirxonov, öquv işlari böyiça prorektor A. Abdunazarov hamda Ta’lim jarayonini taşkil etiş bölimi boşliği M. Qodirov iştirok etdi.
Muloqot davomida magistrantlarga ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida erişilgan kelişuvlar, qöşma ta’lim dasturi doirasidagi sönggi yangiliklar hamda istiqboldagi hamkorlik rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, ta’lim jarayonini samarali taşkil etiş, magistrantlarning öqiş davomida yuzaga kelayotgan ehtiyojlari, mavjud masalalar va takliflari atrofliça muhokama qilindi. Magistrantlar özlarini qiziqtirgan savollarga institut rahbariyati tomonidan batafsil javob oldilar.
Uçraşuv yakunida ta’lim sifatini yanada oşiriş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda magistrantlar bilan oçiq muloqotlarni muntazam davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur uçraşuv qöşma ta’lim dasturi doirasida samarali hamkorlikni rivojlantiriş va ta’lim jarayonini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.