info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

BAYROG‘IMIZ — FAXRIMIZ VA G‘URURIMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs IJT-FU-26 guruhi talabalari hamda stajyor o‘qituvchi Nodira Habibjonova tomonidan qiziqarli viktorina tashkil etildi.

18 ноябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 24 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs IJT-FU-26 guruhi talabalari hamda stajyor o‘qituvchi Nodira Habibjonova tomonidan qiziqarli viktorina tashkil etildi.

Viktorina davomida talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tarixi, uning qabul qilinishi, ranglari va undagi ramziy belgilar mazmuni haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar savollarga faol javob berib, davlat ramzlariga oid bilim va tushunchalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Davlat bayrog‘imiz — ozodligimiz, tinchligimiz, milliy o‘zligimiz va xalqimizning yuksak g‘ururini ifodalovchi muqaddas ramzdir. Undagi har bir rang va timsol tariximiz, ezgu orzu-umidlarimiz hamda yorug‘ kelajagimizni o‘zida mujassam etadi.

Yurtimiz bayrog‘i doimo baland hilpirab, xalqimizga faxr va iftixor bag‘ishlayversin! 🇺🇿


 

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing