info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar E'lonlar

“SO'ZIMIZ — O'ZIMIZNIKI” NOMLI VIDEOROLIKLAR TANLOVI

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida kreativ video tanlovi e’lon qilinadi!

12 октябр 2026 E'lonlar 12 marta ko‘rilgan


“SO'ZIMIZ — O'ZIMIZNIKI” NOMLI VIDEOROLIKLAR TANLOVI

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida kreativ video tanlovi e’lon qilinadi!

 

 TANLOV SHARTI JUDA ODDIY:
Ishtirokchi kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan xorijiy yoki noto‘g‘ri qo‘llanayotgan kamida 3 ta so‘z yoki iborani tanlaydi va ularning o‘zbekcha muqobilini kreativ video orqali namoyish etadi.


 

VIDEOROLIK SHARTLARI QUYIDAGICHA:
 Kundalik hayotda ishlatilayotgan xorijiy yoki noto‘g‘ri qo‘llanadigan so‘z/iborani ko‘rsatish.
Uning to‘g‘ri o‘zbekcha muqobilini aytish yoki yozuv orqali namoyish etish.
O‘zbekcha muqobilni gap yoki vaziyat ichida to‘g‘ri qo‘llab, misol keltirish.

 Video davomiyligi: 1–2 daqiqa.
Videoni dialog, sahna ko‘rinishi, intervyu, qisqa hikoya yoki boshqa kreativ usulda tayyorlash mumkin.VIDEOROLIKLAR QUYIDAGI MEZONLAR ASOSIDA BAHOLANADI:
 mavzuning yoritilishi;

o‘zbekcha muqobillarning to‘g‘ri tanlanishi;


kreativ yondashuv;
nutq madaniyati;
video va taqdimot sifati.
Tayyor vidoeroliklar talabaning familiya, ismi, sharifi, fakultet, yo'nalish guruhi toʻliq yozilgan holatda @shahboz_bekmirzayev ga yuboriladi.



Tilimizni asraylik, so‘zimizni boyitaylik, o‘zbekcha gapirishni targ‘ib qilaylik!
Bir so‘zga e’tibor — milliy tilimizga ehtiromdir! 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing