Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/949
Oliy ta'lim va amaliyot hamkorligi: 4+2 tizimida yangi qadam
12 октябр 2026
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Sulaymonova Saodat Usubxonovna hamda kafedra dotsenti Usmonova Muattar Bahadirjonovna tashabbusi bilan Pedagogik mahorat markazida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsini Namangan shahar 4-umumta’lim maktabi maslahatchisi Roʻzimova Gulshanoy Mahmudovna hamda shu maktabning tarbiya fani oʻqituvchisi Sharipova Gulchehra Odilovnalar olib bordilar. Tadbirda 4+2 amaliyot doirasida pedagogika yoʻnalishining 4-kurs bitiruvchilariga maktab ma’muriyati tomonidan biriktirilgan ustozlar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bo‘lajak pedagoglarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Mahorat darsi yakunida ishtirokchilar tomonidan tadbirning mazmunli va amaliy jihatdan foydali bo‘lgani ta’kidlandi.