info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
4+2 amaliyoti

Bo‘lajak pedagogning kasbiy mahorati 4+2 amaliyotda

Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh. Tursunova va G. Xusayinovalar tomonidan talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil olib borilmoqda.

13 октябр 2026 4+2 amaliyoti 6 marta ko‘rilgan

Bo‘lajak pedagogning

kasbiy mahorati 4+2 amaliyotda

Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sh. Tursunova va G. Xusayinovalar tomonidan talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Umumtaliyeva Muxlisa Karimjon qizining 4+2 amaliyoti Yangi Namangan tumanida joylashgan 83-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Amaliyot jarayonida kafedra professor-o‘qituvchilari talabaning nazariy va amaliy mashg‘ulotlaridagi ishtirokini kuzatib, uning darslarni tashkil etish mahorati, o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmalari hamda pedagogik faoliyatini tahlil qildilar.

Kuzatuvlar davomida ta’lim mashg‘ulotlarining mazmuni, o‘qitish metodlaridan foydalanish, o‘quvchilar faolligini ta’minlash va nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabaning kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirish, pedagogik mahoratini oshirish va zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda faoliyat yuritishiga doir tavsiyalar berildi.

4+2 amaliyot tizimi oliy ta’lim muassasasida egallangan nazariy bilimlarni umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi real pedagogik jarayon bilan bog‘lash, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tajribasini boyitish va mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Namangan davlat pedagogika institutida amaliyot jarayonlarini mazmunli tashkil etish orqali bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

 

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing