Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/964
ONA TILIMIZ — MA’NAVIY MEROSIMIZ
14 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, yozma nutqini rivojlantirish hamda ona tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar o‘rtasida “Ona tilimiz — ma’naviy merosimiz” mavzusida ijodiy insholar olindi.
Insholar orqali talabalarning fikrlash qobiliyati, o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalash mahorati hamda ona tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni haqidagi qarashlari namoyon bo‘ldi.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va yosh avlod qalbida tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Ayniqsa, kundalik muloqotda, ta’lim jarayonida, ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy hujjatlarda o‘zbek tilidan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.TANLOV NATIJALARIGA KO'RA:
🥇1-o‘rin — Muhammadaliyeva Zilola
🥈2-o‘rin — Xolmirsayeva Muxlisa
🥉3-o‘rin — Xursanboyeva Muxlisa
Ijodiy insholar guruh tyutori M. Ruzimatova tomonidan tekshirilib, baholandi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va bebaho merosimiz!