Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/976
KITOB ULASHIB — BILIM VA MA’RIFAT SARI BIRGALIKDA!
15 октябр 2026
Yoshlar kuni doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, talabalarning ma’naviy olamini boyitish maqsadida tyutorlar O. Madaminova tashabbusi bilan Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G.Dexkonovahamkorligida “Yoshlarga kitob ulashib — bilim va ma’rifat sari birgalikda!” nomli kitobxonlik aksiyasi tashkil etildi.
📌Aksiyada institut rektori B. Xusanov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Isoqboyev, Filologiya kafedrasi mudiri, professor R. Tillayev, professor-o‘qituvchilar hamda institut xodimlari ishtirok etdilar.
📌Tadbir davomida talabalarga turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar ulashildi. Kitoblarning inson tafakkurini boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, nutq madaniyatini oshirish hamda hayotiy tajribani kengaytirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, muntazam mutolaa qilishga va o‘qigan kitoblari yuzasidan o‘zaro fikr almashishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Aksiya doirasida talabalar ishtirokida qiziqarli viktorinalar, bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi savol-javoblar hamda intellektual o‘yinlar tashkil etildi. Ushbu jarayonlar talabalarning bilim va salohiyatini namoyon etish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadbir ishtirokchilari o‘rtasida samimiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
📌Kitob ulashish orqali yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, ularda kitobxonlikka mehr uyg‘otish va mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📖 Zero, kitob — tafakkur chirog‘i, bilim manbai va ma’naviyat ko‘zgusi. Yoshlar qalbiga kitob orqali ezgulik urug‘ini qadash esa kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir!
✅Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating