info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

MAQSAD, ORZU VA KELAJAK: USTOZ — HAYOT YO‘LIMIZ CHIROG‘I

Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar kuni doirasida Pedagogika fakultetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Dadaboyev boshchiligida, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari B. Maxsudov, M. Boytillayev va U. Odilovalar ishtirokida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

15 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 15 marta ko‘rilgan

  Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar kuni doirasida Pedagogika fakultetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Dadaboyev boshchiligida, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari B. Maxsudov, M. Boytillayev va U. Odilovalar ishtirokida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

  Davra suhbati davomida talabalar bilan “Ustozim — hayotim chirog‘i” hamda “Mening hayot falsafam” mavzularida fikr almashildi. Suhbat jarayonida ustozning inson hayoti va kamolotidagi o‘rni, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati, hayotda to‘g‘ri maqsad belgilash hamda kelajak sari dadil intilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  Shuningdek, talabalar o‘zlarining hayotiy qarashlari, kelajakdagi maqsadlari va ustozlardan olgan saboqlari haqida fikrlarini bildirib, mavzu yuzasidan faol ishtirok etdilar.

   Bunday ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda hayotga teran munosabat va ustozlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4759

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing