info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

YOSHLAR — SOG‘LOM TURMUSH TARAFDORI

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari A. Inomjonov, R. Hakimbekov, S. Ubaydullayev va B. Tojahmedovlar tomonidan “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!” shiori ostida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

15 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 1 marta ko‘rilgan

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari A. Inomjonov, R. Hakimbekov, S. Ubaydullayev va B. Tojahmedovlar tomonidan “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!” shiori ostida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, ta’lim olishi, oilaviy hayoti va kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berildi. Yoshlar o‘rtasida zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishning ahamiyati ta’kidlandi. 

Shuningdek, talabalarga giyohvand vositalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan umumiy tushuntirishlar berilib, har bir yoshni o‘z salomatligi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi. 

Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish, zararli illatlarning oldini olish va ularning huquqiy-ma’naviy bilimlarini oshirishga xizmat qildi. 

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4763

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing