info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

YOSHLAR — VATANPARVARLIK VA FUQAROLIK MAS’ULIYATI TIMSOLI

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari A. Inomjonov, R. Hakimbekov, S. Ubaydullayev va B. Tojahmedovlar tomonidan “Vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati — davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

15 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 11 marta ko‘rilgan

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari A. Inomjonov, R. Hakimbekov, S. Ubaydullayev va B. Tojahmedovlar tomonidan “Vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati — davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish hamda fuqarolik mas’uliyatini chuqur anglash masalalari haqida fikr almashildi. 

Suhbat davomida talabalarning huquq va burchlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish hamda Yangi O‘zbekiston bunyodkorligida yoshlarning o‘rni haqida tushunchalar berildi. 

Tadbir yakunida yoshlarni Vatanga sadoqatli, faol va mas’uliyatli fuqaro bo‘lib voyaga yetish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida yashashga chaqirildi.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4775

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing