info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TANLAYMIZ!

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika institutida birinchi prorektor A. Isoqboyev boshchiligida Namangan shahar IIB 1-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor Z. Yo‘ldashev, jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimi S. Parpiyev hamda profilaktika inspektori S. Ahmadjonov ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!” shiori ostida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

15 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 22 marta ko‘rilgan

 Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika institutida birinchi prorektor A. Isoqboyev boshchiligida Namangan shahar IIB 1-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor Z. Yo‘ldashev, jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimi S. Parpiyev hamda profilaktika inspektori S. Ahmadjonov ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!” shiori ostida umumprofilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda talabalarda o‘z salomatligi va kelajagiga nisbatan mas’uliyat hissini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 

Davra suhbati davomida mutaxassislar giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati, oilaviy munosabatlari va ijtimoiy hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, zararli odatlarga berilishning oldini olish, shubhali takliflardan ehtiyot bo‘lish, noto‘g‘ri muhit ta’siriga tushib qolmaslik hamda hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishning ahamiyati tushuntirildi. 

Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar berib, yoshlarni har qanday salbiy ta’sirlardan ogoh bo‘lishga chaqirdilar. 

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javob va tavsiyalar oldilar. Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarziga intilishini qo‘llab-quvvatlash va ularni turli zararli illatlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4779?single

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing