info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA — TEATR SARI MA’RIFIY TASHRIF

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun Namangan shahar drama teatrida “Ikki dunyo bir qadam” spektakli namoyish etildi.

15 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 18 marta ko‘rilgan

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun Namangan shahar drama teatrida “Ikki dunyo bir qadam” spektakli namoyish etildi.

Mazkur teatr tomoshasi talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, san’at va teatrga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy madaniyatimiz hamda sahna ijodiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.

Spektakl orqali talabalar insoniy munosabatlar, hayotiy tanlovlar va ezgu qadriyatlar haqida mushohada yuritish, sahna asarining mazmun-mohiyatini anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

Yoshlar uchun tashkil etilayotgan bunday madaniy-ma’rifiy tashriflar ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, estetik didini rivojlantirish va ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4789

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing