Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/991
YOSHLAR — VATAN TAYANCHI, KELAJAK BUNYODKORLARI
15 октябр 2026
YOSHLAR — VATAN TAYANCHI, KELAJAK BUNYODKORLARI
Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi F.Tursinov boshchiligida tyutorlar A. Inomjonov, R. Hakimbekov, S. Ubaydullayev va B. Tojahmedovlar tomonidan “Vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati — davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish, davlat ramzlarini e’zozlash, Konstitutsiya hamda qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va fuqarolik burchini anglash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari, jamiyat hayotidagi faolligi, yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning tutgan o‘rni xususida atroflicha fikr yuritildi.
Uchrashuv yakunida talabalar Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat, milliy qadriyatlarga ehtirom va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida kamol topishga undaldi.