info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Milliy reyting

Namangan davlat pedagogika institutining “Sun'iy intellekt” talim yo‘nalishi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga ko‘ra, Namangan davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichidagi “Sun'iy intellekt” ta’lim yo‘nalishi belgilangan talab va mezonlarga to‘liq muvofiq deb topildi.

19 июн 2026 Milliy reyting 26 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutining “Sun'iy intellekt” ta'lim yo‘nalishi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga ko‘ra, Namangan davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichidagi “Sun'iy intellekt” ta’lim yo‘nalishi belgilangan talab va mezonlarga to‘liq muvofiq deb topildi.

 

Mazkur natija institutda ta’lim sifati, o‘quv dasturlarining zamonaviy talablarga mosligi hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasi hisoblanadi.

 

Akkreditatsiya jarayonlari mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida tashkil etilib, ta’lim dasturining mazmuni, moddiy-texnik baza, professor-o‘qituvchilar salohiyati hamda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari atroflicha baholandi.

 

Ushbu yutuq Namangan davlat pedagogika institutining innovatsion rivojlanish yo‘lidagi muhim qadami bo‘lib, ta’lim sifatini yanada oshirish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.


 

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing