info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Qabul Yangiliklar Talabalar turar joyi faoliyati

Yangi o‘quv yilida talabalar turar joyi va xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov, bo‘lim xodimlari, tyutorlar hamda institut profilaktika inspektori ishtirok etdi.

18 август 2026 Qabul 212 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Isoqboyev boshchiligida 2026–2027-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov, bo‘lim xodimlari, tyutorlar hamda institut profilaktika inspektori ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida talabalarni Talabalar turar joyi (TTJ) va ijara xonadonlariga tartibli joylashtirish, turar joyga ehtiyojmand yoshlarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, institutga yaqin hududlarda ijara xonadonlari zaxirasini kengaytirish, mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, talabalar istiqomat qiladigan xonadonlardagi shart-sharoitlarni muntazam o‘rganish, sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlar bilan profilaktik suhbatlarni kuchaytirish hamda tyutorlarning o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga yangi o‘quv yilini tartibli va xavfsiz boshlash, talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing