info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar Kafedralar faoliyati

Mustaqillikning 35 yilligi — yaxshilik va g‘amxo‘rlik timsoli

Tadbir doirasida shifoxona va obodonlashtirish sohalarida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari holidan xabar olinib, ularga yangi o‘quv yilida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, maktab anjomlari hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

18 август 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 76 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Tillaeva Rayhona Tuxtasinovna, Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchilari Mo‘minova Muxayyo Usmanovna, Maqsudova Shohsanam hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori O. Madaminova tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xayrli tashabbus amalga oshirildi.

Tadbir doirasida shifoxona va obodonlashtirish sohalarida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari holidan xabar olinib, ularga yangi o‘quv yilida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, maktab anjomlari hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishiga amaliy ko‘mak berish hamda yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga munosib sharoit yaratishdan iborat.

Taqdim etilgan sovg‘alar bolajonlarga nafaqat amaliy yordam, balki samimiy e’tibor va ezgu tilaklar ifodasi bo‘ldi. Zero, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash — kelajak uchun muhim sarmoyadir.

Mustaqillik — inson qadrini ulug‘lash, yosh avlod uchun munosib sharoit yaratish va ularning porloq kelajagi yo‘lida birgalikda ezgu ishlarni amalga oshirish imkoniyatidir.

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing