info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Talabalar turar joyi faoliyati

“Gulxan yorug‘ida boshlangan do‘stlik kechasi”

Kuni kecha talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida haqiqiy bayramona ruhda Osh chempionati bo‘lib o‘tdi. Tadbir nafaqat talabalar, balki uzoq yo‘ldan tashrif buyurgan mehmonlar uchun ham unutilmas daqiqalarga boy bo‘ldi.

14 ноябр 2025 Talabalar turar joyi faoliyati 1 marta ko‘rilgan
“Gulxan yorug‘ida boshlangan do‘stlik kechasi” 14 ноя

Kuni kecha talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida haqiqiy bayramona ruhda Osh chempionati bo‘lib o‘tdi. Tadbir nafaqat talabalar, balki uzoq yo‘ldan tashrif buyurgan mehmonlar uchun ham unutilmas daqiqalarga boy bo‘ldi.




 

Ushbu chempionatga Qozog‘istonning Karaganda universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar ham taklif etildi. Ular talabalarimiz bilan yaqindan tanishib, samimiy muhit, o‘ziga xos taomlar va oshpazlik mahoratiga yuqori baho berdilar.

Kechki qism esa yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Mehmonlar va talabalar birgalikda gulxan atrofida badiiy va ko‘ngilochar kecha tashkil etib, kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, hazil-mutoyibalar bilan iliq suhbat qurdilar.

Tadbir yakunida esa eng hayajonli lahza — Osh chempionatida g‘olib bo‘lgan jamoa va talabalarga diplom hamda sertifikatlar topshirilishi bo‘lib o‘tdi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi