info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Talabalar turar joyi faoliyati

Namangan davlat pedagogika institutida “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi o‘rganildi

Namangan davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga muvofiq, ishchi guruh a’zosi G.Ganiyeva tomonidan “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi doirasida talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildi.

08 октябр 2025 Talabalar turar joyi faoliyati 1 marta ko‘rilgan
Namangan davlat pedagogika institutida “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi o‘rganildi 08 окт

Namangan davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga muvofiq, ishchi guruh a’zosi G.Ganiyeva tomonidan “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi doirasida talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari olib borildi.




 

O‘rganish jarayonida institut hududida umumiy tozalik va gigiyena holati, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, talabalar turar joylaridagi oshxona, hojatxona hamda kir yuvish xonalarining gigiyenik holati va foydalanish sifati atroflicha o‘rganildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, talabalar turar joylarida tozalik va sanitariya-gigiyena talablari yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu esa talabalar salomatligini saqlash va qulay yashash sharoitini ta’minlashga xizmat qilmoqda.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi