info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Qabul Yangiliklar

Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida oʻtkazildi

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihon (suhbat) jarayonlari belgilangan tartib asosida yuqori saviyada tashkil etildi.

28 июл 2026 Yangiliklar 14 marta ko‘rilgan
Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida oʻtkazildi 28 июл

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihon (suhbat) jarayonlari belgilangan tartib asosida yuqori saviyada tashkil etildi.

Imtihonlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi asosida shaffoflik, xolislik hamda adolat tamoyillari asosida oʻtkazildi. Imtihon oʻtkazilgan hudud videokuzatuv vositalari bilan taʼminlandi. Shuningdek, suhbat komissiyalari tarkibiga tegishli yoʻnalish mutaxassislari kiritilib, barcha tashkiliy choralar toʻliq amalga oshirildi.

Mazkur imtihonlarda Jismoniy madaniyat, Ona tili va adabiyoti (rus tili) hamda Tarix taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlar ishtirok etdi.

Namangan davlat pedagogika instituti barcha abituriyentlarga kelgusi taʼlim yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

B
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi