NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTDAGI VAKANT LAVOZIMLAR UCHUN
TANLOV E’LON QILINADI
| № | Vakant lavozim nomi | Shtat birligi | Lavozim okladi (so‘mda) | Talab etiladigan minimal ta’lim darajasi | Ish tajribasi | Ish vaqti | Qo‘shimcha imtiyoz |
| O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA | |||||||
| 1. | O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi uslubchisi | 1.0 | 1 912 855 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI | |||||||
| 2. | Tyutor | 2.0 | 6 745 101 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| AXBOROT-RESURS MARKAZI | |||||||
| 3. | Kutubxonachi | 1.0 | 1 612 899 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| 4. | Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi bibliografi | 1.0 | 1 612 899 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| XORIJIY TILLAR KAFEDRASI | |||||||
| 5. | Kabinet mudiri | 1.0 | 1 612 899 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| FILOLOGIYA KAFEDRASI | |||||||
| 6. | Kabinet mudiri | 1.0 | 1 612 899 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| FUQARO VA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘LIMI | |||||||
| 7. | Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktor | 1.0 | 1 471 818 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| TEXNIK-FOYDALANISH VA XO‘JALIK BO‘LIMI | |||||||
| 8. | Qorovul | 1.0 | 1 271 000 | o‘rta-mahsus | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| 9. | Farrosh | 1.0 | 1 271 000 | o‘rta-mahsus | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
NOMZODLAR QUYIDAGI HUJJATLARNI SHAXSAN TAQDIM ETISHLARI LOZIM:
1. Tanlov ishtirok etish bo‘yicha namuna asosida rektor nomiga ariza;
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) asli va nusxasi;
3. Ob’yektiv-ma’lumotnoma (eng oxirgi ma’lumotlar bilan);
4. Elektron hamda qog‘oz shakldagi mehnat daftarcha (nusxasi);
5. Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar (diplom) nusxasi.
HUJJATLARNI TAQDIM ETISH VA KO’RIB CHIQISH TARTIBI:
1. Nomzodlar shaxsiy hujjatlarini Namangan davlat pedagogika instituti Xodimlar bo‘limiga shaxsan taqdim etadi.
2. Hujjatlar 2026-yil 5-avgustdan - 4-sentabrga qadar har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar qabul qilinadi (4-sentabr kuni soat 10-00ga qadar).
3. Hujjat taqdim etgan nomzodlar bilan institutda ishga qabul qilish bo‘yicha Komissiya tomonidan bir bosqich asosida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasiga ko‘ra nomzodlar lavozimga tavsiya etiladi.
4. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish kuni va joyi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
5. Nomzodlarga suhbat jarayonida beriladigan savollarning namunaviy ro‘yxati “Namspi.uz” saytida e’lon qilingan.
ESLATMA:
- Hujjat taqdim etgan barcha nomzodlar shaxsan suhbatga kelishlari shart.
- Xodimlar bo‘limiga belgilangan muddatda hujjat taqdim etmaganlar tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar institutning Xodimlar bo‘limiga (tel: 93-692-05-19)ga murojaat qilishi va qo‘shimcha ma’lumotlar olishi mumkin.
INSTITUT MA’MURIYATI