Namangan State Pedagogical Institute
Source: https://namspi.uz/en/1076
“TALABA QIZLAR OVOZI” LOYIHASINING 1-MAVSUMIGA START BERILDI!
22 October 2026
Ayni damda talabalar turar joyida “Yoshlar kuni” doirasida talaba qizlarning ijodiy salohiyati, intellektual bilimi, topqirligi va iste’dodini namoyon etish maqsadida
Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutori O.Madaminova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Dexkonova hamda talabalar turar joyi tarbiyachilari hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muhit va qizg‘in bellashuvlarga boy loyiha talaba qizlarning bilim va iqtidorini namoyon etish, faolligini oshirish hamda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🔹 “Noodatiy tanishtiruv”
🔹 “Ustozga samimiy e’tirof”
🔹 “Zakovat Quiz”
🔹 “Milliy qadriyatlar — millat faxri” — milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va adabiy merosimizning yorqin namoyishi.
Shuningdek, talaba qizlar ishtirokidagi ommaviy do‘stlik raqsi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh va bayramona shukuh baxsh etmoqda.