Namangan State Pedagogical Institute
Source: https://namspi.uz/en/1077
NAMDPIda OTA-ONALAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
22 October 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida Tarix va milliy g‘oya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ota-onalari ishtirokida institut hamda viloyat darajasidagi ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, odob-axloqi hamda yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar uchun sog‘lom ma’naviy muhit yaratish va ularning kelgusidagi ta’limiy yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yig‘ilish ota-onalar va institut o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi borasidagi mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.