info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“Mardlik va jasorat” uchrashuvi

10-yanvar kuni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, talabalar bilan “Mardlik va jasorat” uchrashuvi oʻtkazildi.

10 January 2025 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 51 views

10-yanvar kuni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, talabalar bilan “Mardlik va jasorat” uchrashuvi oʻtkazildi.




 

Dastlab, institut birinchi prorektori A.Isoqboyev tashrif buyurgan mehmonlarni mazkur bayram bilan tabriklab,  talaba-yoshlarga mazkur bayram mohiyatini tushuntirib oʻtdi.

Faxriylar ham soʻz olib o'zlarining yoshlik davri, urush voqealari haqida qiziq ma'lumotlarni aytib, yosh avlod vakillariga vatanparvarlik insonni yuksaltirishini, Vatanning bir qarich tuprogʻi ham aziz ekanligi, uni asrab-avaylash har bir insonning muqaddas burchi ekanini taʼkidlab oʻtishdi. Uchrashuv mehmonlarning xotiralari bilan yanada qiziqarli kechdi. Talabalar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.


 

❮ ❯

Share this article
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter