info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati

Ilmiy, o‘quv hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi tashabbusi bilan institutning Chortoq tumani 9-umumiy o'rta maktabdagi o‘quv-metodik markazida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

17 September 2025 O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati 74 views

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi tashabbusi bilan institutning Chortoq tumani 9-umumiy o'rta maktabdagi o‘quv-metodik markazida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.




 

Ushbu uchrashuvda Filologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rayxona Tillayeva, kafedra professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Maxbubaxon Sobirova, shuningdek, kafedraning professor v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Elyorjon Abdulvohidov ishtirok etdilar.

Tashrif davomida mehmonlar Chortoq tumani 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilan uchrashib, zamonaviy ta’lim jarayonidagi muhim masalalar, ilmiy-uslubiy yangiliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning dolzarb jihatlari xususida fikr almashdilar.

Uchrashuv doirasida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, ilmiy izlanishlarga jalb etish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham muhim taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu kabi uchrashuvlar o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


 

❮ ❯

Share this article
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter