info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News Greetings and speeches

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.

Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

16 August 2026 Greetings and speeches 449 views

Aziz yoshlar!


2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.

Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir.

Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman.

Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud.

Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman!

Talabalik baxti muborak bo‘lsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter