info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News Meetings

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti kengashining 1-sonli yig‘ilishi

Yig‘ilishda 2026–2027-o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilinib, fakultet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.

05 September 2026 Meetings 58 views

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T.Abdullayev raisligida fakultet Kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2026–2027-o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilinib, fakultet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibida fakultetda direktiv hujjatlar ijrosini ta’minlash, 2026–2027-o‘quv yili uchun fakultet Kengashining ish rejasi va tarkibini tasdiqlash, 7–12-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari”ni sifatli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fakultet va kafedralarning o‘quv, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalari, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari bo‘yicha shaxsiy ish rejalari va fanlar bo‘yicha ishchi dasturlari muhokama qilinib, tegishli tartibda tasdiqlandi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, mas’ullarning vazifalarini belgilash hamda fakultet tyutorlarining ish rejalarini tasdiqlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar yakunida fakultet faoliyatini samarali tashkil etish va 2026–2027-o‘quv yilida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Source: https://t.me/namspii/52338

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter