info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

Yangi o‘quv yili tantanali boshlandi

Tadbirda institut rahbariyati, faxriy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, ustozlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

07 September 2026 News 37 views

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda 1-kurs talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rahbariyati, faxriy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, ustozlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimni institut rektori Bahodir Xusanov ochib berib, yangi o‘quv yili bilan jamoani, ayniqsa, talabalikka ilk qadam qo‘ygan 1-kurs yoshlarini samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida talabalarga yaratilgan zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, puxta bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash, ilmiy va jamoat ishlarida faol bo‘lish muhimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni hayotlaridagi yangi va mas’uliyatli bosqich bilan qutladi. U yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari, bilim va izlanishlari yurt taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Marosim davomida 1-kurs talabalari institut jamoasi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Yangi o‘quv yilining ilk kuni talaba-yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy tarzda boshlandi.

Source: https://t.me/namspii/52360

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter