Namangan State Pedagogical Institute
Source: https://namspi.uz/en/778
Yuqori natija — munosib e’tirof
07 September 2026
Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi doirasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori natija bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari alohida e’tirof etildi.
Yoshlarning bilimga intilishi, kirish sinovlarida ko‘rsatgan yuqori natijalari hamda talabalik sari qo‘ygan dadil qadamlari munosib baholanib, ularga institut rektori Bahodir Xusanov tomonidan faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida ushbu e’tirof talabalar uchun yangi bosqichdagi ilk yutuqlardan biri ekani, kelgusida yanada mas’uliyat bilan tahsil olish, ilmiy va ijodiy izlanishlarda faol bo‘lish hamda yuqori natijalarga erishish uchun muhim rag‘bat bo‘lishi ta’kidlandi.
Institut jamoasi yuqori natija bilan talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaydi.