info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Student Life News

Talabalar Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Tashrif davomida talabalarga markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari, elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

11 September 2026 Student Life 233 views

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalarga markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari, elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar kutubxonaning turli bo‘limlari faoliyati bilan tanishib, ilmiy, o‘quv va badiiy adabiyotlardan foydalanish tartibi, kerakli manbalarni izlash hamda elektron bazalar bilan ishlash imkoniyatlari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.

Tashrifning muhim jihatlaridan biri sifatida institut talabalari Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar. Bu esa ularga markazdagi mavjud adabiyotlar, elektron resurslar va boshqa axborot xizmatlaridan muntazam foydalanish imkonini beradi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Source: https://t.me/namspii/52569

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter