info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News Sport tadbirlari

“BESH TASHABBUS” DOIRASIDA VOLEYBOL BO‘YICHA O‘RTOQLIK UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni doirasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutorlari L. Xonto‘rayeva hamda L. Nuraliyevalar boshchiligida institut Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Aniq va tabiiy fanlar hamda Pedagogika fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus”ning sport yo‘nalishi doirasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

08 October 2026 Sport tadbirlari 95 views

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat.

Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tkazilgan bahslar davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Mazkur kabi sport tadbirlari talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter