info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Meetings

Ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

15 October 2026 Meetings 70 views

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.


 

  Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, institutdagi o‘quv jarayoni hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotida oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati haqida fikr almashildi.


 

 Shuningdek, talabalarning bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning intizomi, mas’uliyati va ijtimoiy faolligini oshirishda ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


 

 Bunday uchrashuvlar ota-onalar va institut o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talaba-yoshlarning har tomonlama yetuk, bilimli va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Share this article
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter