Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-15 01:32:00   |      171

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Toshkent Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati Toshkent shahrida joylashgan Toshkent Amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurishdi hamda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Hamkorlik aloqalaridan ko'zlangan maqsad ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, professor-o‘qituvchilarning reytingini, jumladan Scopus va Web of Science xalqaro bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, xorijiy va mahalliy grant loyihalarida ishtirok etishda hamkorlikni yuqori sifat darajasiga chiqarish hisoblanadi.