Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2023-03-28 03:36:48   |      1439

Institut haqida


O`zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2022 yil 21 iyundagi PQ-289 sonli «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etildi

Unda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.

2022/2023 o‘quv yilida Namangan davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Namangan  davlat pedagogika institutida boshlaydi.

Namangan davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

Bakalavriat yo`nalishlari

Pedagogika; Maktabgacha ta’lim; Boshlang‘ich ta’lim; Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; Kimyio (60110800); Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;    Musiqa ta’limi;  O‘zga tilli guruhlarda rus tili; Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili; Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; Jismoniy madaniyat; Texnologik ta’lim; Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (ingliz tili); Maxsus pedagogika (logopediya); Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda jismoniy madaniyat.

Magistratura mutaxassisliklari:

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha); Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), Ta`lim muassasalarining boshqaruvi; Tasviriy san`at va amaliy bezak san`ati, Musiqa ta’limi va san’at, Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi, Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti. Ijtimoiy fanlarni o`qitish metodikasi.