Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2023-07-12 06:10:24   |      1741

Qabul - 2023/2024


NamDPI

Qabul - 2023/2024 bo'yicha asosiy ma'lumotlar

Qabulga oid hujjatlar

·         Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi 393 son qaror(lex.uz)
·         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-279 Qarori
·         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 15.06.2023 yildagi F-31-son
·         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 261-son qarori
·         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 395-son qarori
·         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi "Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-4319-son qarori
·         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 572-son qarori


Xalqaro abituriyentlar

"NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI" XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

HUJJATLAR RO‘YXATI

Hujjatlar quyidagi pochta orqali qabul2025@kmfgdkl;fdkm.uz qabul qilinadi. 

  • Ariza
  • Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  • Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti (PDF shaklida).
  • Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi fanlar baholar (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner variant topshiriladi (PDF shaklida).
  • 3,5×4,5 o‘lchamli fotosurat (JPEG shaklida).
  • Sertifikat/guvohnoma, diplom shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli universitet o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim qilinadi.

INISTITUTGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

  • " NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI" ning bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar;
  • Suhbat avgustning ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi;
  • NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI ning magistraturasi mutaxassisligida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar;
  • Suhbat avgustning ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi;



Mahaliy abituriyentlar

Yagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi

Davlat test markazi sayti orqali;
my.gov.uz portYagona davlat interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda qabul qiliniali orqali.




Javoblar varaqasi bilan ishlash bo'yicha qo'llanma