Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-06-25 11:11:00   |      225

TALABALAR AKADEMIYASI


NamDPI

 Talabalar akademiyasining asosiy maqsadi individual ta’lim texnologiyalari asosida talaba-yoshlarni o‘quv, ilmiy–tadqiqot va tarbiyaviy faoliyatlarda rivojlantirish, iqtidorli talabalarni kashf qilish va ularni bu faoliyatni qo‘llab quvvatlash uchun asos yaratishdan iborat.

QACHON TASHKIL ETILGAN

Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi “Talabalar akademiyasi” institut rektorining 2023-yil 22-noyabrdagi 119-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

TALABALAR AKADEMIYASINING ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI

Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
  • iqtidorli talabalarni kashf qilish, ilmiy tadqiqot va kasbiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarni amalga oshirish;
  • talabalar, ilmiy rahbarlar, soha mutaxassislari, tyutorlar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yetuk kadrlarni ta’minlash;
  • talaba-yoshlarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini hamda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirish;
  • iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • turli tashkilotlar, institutlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish, ularning olimlari va mutaxasislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, simpoozumlar, turli ijodiy tanlovlarda namoyish qilishga hamda nashr qilishga yordam berish.

TALABALAR AKADEMIYASI TARKIBI VA ULARNING AKADEMIYADAGI ASOSIY VAZIFALARI

Talabalar akademiyasi tarkibi va ularning asosiy vazifalari quyidagicha:

Talabalar akademiyasi koordinatorlari: fakultet dekanlari, Talabalar akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, jarayonni tashkil etishga sharoit yaratadi, nazoratga oladi.

Talabalar akademiyasi faoliyatini tashkilotchilari: kafedra mudirlari, ilmiy maslahatchilar va tyutorlar. Akademiya qoshida talabalar qiziqishiga ko‘ra klublar tashkil qiladi, innovatsion loyihalarni talabalar orasida amalga oshiradi, qobiliyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratadi.

Talabalar akademiyasi jamoasi:

  • akademiya prezidenti;
  • yo‘nalishlar koordinatorlari;
  • har bir yo‘nalishdagi yetakchi talabalar.

           Akademiyadagi faoliyatni rivojlantirish, talabalar qamrovini oshirish, kreativ loyihalar joriy etish, akademiyaga a’zo bo‘lgan talabalar faoliyatiga ko‘maklashishidan iborat.

           Talabalar akademiyasi a’zolari: qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra tashxislangan holda talabalar a’zo qilinadi. A’zo talabalarning shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi, rejani amalga oshirishga ko‘maklashiladi.

           Institutning iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi talabalar akademiyasi jamoasi tarkibiga nomzodlar bo‘yicha fakultet dekanlaridan taklif oladi va institut Kengashiga nomzodlarni  saralash uchun taqdim etadi.

           Institut Kengashi talabalar akademiyasi jamoasi tarkibini shakllantiradi va tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror institut rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

TUZILMA

"Talabalar akademiyasi" prezidenti:

O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li

 

 

Azizbek O‘rmonjonov 2003-yil 20-sentabrda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan.

2023-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan, hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi  1-bosqich magistranti.

Azizbek O‘rmonjonov 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 2 ta risola, 50 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta ilmiy-innovatsion ishlanma muallifi hisoblanadi.

🔰 Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;

🔰"Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanlovining tuman, viloyat bosqichi g‘olibi, respublika bosqichi ishtirokchisi;

🔰"Yil talabasi" tanlovining OTM bosqichi g‘olibi;

🔰"Uchinchi renessans yoshlar nigohida" tanlovining OTM bosqichi g‘olibi.

 

Talabalar akademiyasining "Xalqaro aloqalar" yo‘nalishi koordinatori:

Toshmatova Madinaxon Kodirovna

 

 

Madina Toshmatova 2003-yil 12-dekabrda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyoti (Ingiliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

🔰 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 10 dan ortiq maqola va tezislar muallifi;

🔰 "Ongoing Leaders for future of copernicus Berlin" granti gʻolibasi,

🔰 "Ibrat tillar oromgohi" ishtirokchisi;

🔰 "Yoshlar yelkani" loyihasi ishtirokchisi;

🔰 "Yil talabasi-2023" Respublika koʻrik tanlovining institut bosqichida "Oʻz mutaxassisligining eng bilimdon talabasi" nominatsiyasi gʻolibasi;

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Volontyorlar Assotsiatsiyasi volontyori.

 

Talabalar akademiyasining "Ma'naviy makon" yo‘nalishi koordinatori:

Samandarova Go‘zalxon Qudrat qizi

 

 

Go‘zalxon Samandarova 2003-yil 11-noyabrda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedogogika institutining Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 2-boshqich talabasi.

Go‘zalxon Samandarovaning ijodiy ishlari "Smile" jurnali, "Olisdagi yulduzlar" antologiyasi, Fransiyaning «Un monde d’erudits et de createurs brilliants» almanax to‘plamida chop etilgan.

🔰"Yil talabasi - 2023" tanlovining institut bosqichida "Yilning eng yaxshi ijodkor talabasi" nominatsiyasi g‘olibi;

🔰Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan "Biz birga korrupsiyani to‘xtatamiz" insholar tanlovi g‘olibi;

🔰Namangan viloyati "Mushoira klubi" a'zosi.

 

Talabalar akademiyasining "Ilmiy tadqiqotlar" yo‘nalishi koordinatori:

Mamadaliyeva Sarvinoz Azamat qizi

 

 

Samandar Mamadaliyeva 2004-yil 5-sentabrda Fargʻona viloyati Toshloq tumanida tugʻilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyot (Ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Sarvinoz.Mamadaliyeva 1 ta o‘quv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya va 10 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

🔰 Buyuk Britaniyaning "Sustainable Promoters & Sustainable Colloborators" tashkilotining O‘zbekistondagi yosh elchisi;

🔰"Perspektywy Women in Tech Summit 2023" sammiti ishtirokchisi.

 

Talabalar akademiyasining "Ilmiy tadqiqotlar" yo‘nalishi koordinatoriTalabalar akademiyasining "O‘quv-uslubiy" yo‘nalishi koordinatori:

Adashaliyeva Mehribonu Mirzoxid qizi

 

Mehribonu Adashaliyeva 2005-yil 7-iyulda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika institutining Maxsus pedagogika: Logopediya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Mehribonu Adashalieva 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta risola, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

🔰 “Yil talabasi - 2023” tanlovining institut bosqichi 3- o‘rin sohibasi;

🔰 Institutda tashkil etilgan “Eng yaxshi maqola” tanlovi 2-o‘rin sohibasi;

🔰 MDX davlatlari miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovining “Faol tadqiqotchi” esdalik nishoni sohibasi;

🔰 10 dan ortiq Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar ishtirokchisi.

 

Talabalar akademiyasining “Kasbiy tayyorlash” yo‘nalishi koordinatori:

Mamadjanov Muhammadali Xalimboy o‘g‘li

 

 

Muhammadali Mamadjanov 2000-yil 4-fevralda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining Texnologik ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Muhammadali Mamadjanov 7 ta ilmiy maqola, 3 ta innovatsion ishlanma muallifi.

🔰 2023-yilda “TexnoWays” innovatsion tanlovi institut bosqichi g‘olibi;

🔰 "Yil talabasi - 2023" tanlovi OTM bosqichi g‘olibi;

🔰 Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan "Munozara" intellektual turniri 2-o‘rin sohibi;

🔰 2023-yilda “Kitobxon talaba” tanlovida eng faol kitobxon naminatsiyasi  g‘olibi;

🔰 Farg‘ona vodiysi xalqaro innovatsion ko‘rgazmasi qatnashchisi.