Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-15 01:34:00   |      190

Namangan davlat pedagogika instituti hamda Alfraganus  universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda institut rektori B.Xusanov, Alfraganus universiteti rektori M.Maxmudov, ikki ta'lim muassasasining mas'ul xodimlari va professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Hamkorlik aloqalaridan ko'zlangan maqsad akademik almashinuv dasturi asosida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tadbiq etishda o‘zaro tajriba almashish, uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek soha tashkilotlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, o‘quv reja va dasturlarini hamkorlikda takomillashtirish, o‘quv-ilmiy texnik bazalaridan, laboratoriyalaridan hamkorlikda foydalanish hisoblanadi.