Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-17 15:33:00   |      217

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi


Chirchiq davlat pedagogika universitetida Namangan davlat pedagogika instituti rektori Baxodir Xusanov rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

NamDPI NamDPI NamDPI

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, innovatsion o‘quv-me’yoriy va ta’lim resurslarini yaratish borasida hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

Kelgusida fan va ta’lim sohasida ko‘pgina loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirildi. ChDPU va NDPI talabalarining davra suhbatlari va anjumanlarini tashkillashtirga kelishib olindi.

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Baxodir Xusanov institutning ramziy belgisini Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedovga topshirdi.

Shuningdek, prorektorlar va ixtisoslashgan kafedralar rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.