Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-21 00:23:00   |      279

Talabalar turar joyida yangi yil bayrami shodiyonalari o'tkazildi


Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan talabalar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi va bayram dasturi o'tkazildi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Bayram tadbirida institut rektori Bahodir Xusanov so'zga chiqib, kirib kelayotgan bayram munosabati bilan barcha talaba-yoshlarni va ularning oila a'zolarini institut jamoasi nomidan samimiy tabriklab, qishki ta'tilni maroqli o'tkazishlari va yangi yilni yangi kayfiyat va yangi maqsadlar bilan kutib olishlarni tilab qoldilar.

Shuningdek, bayram davomida iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etildi va yoshlar jamoasi qiziqarli chiqishlar orqali yig'ilganlarga bayram kayfiyati ulashishdi.