Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 211 10 97
   2023-12-22 21:00:00   |      220

"Sifatli va samarali ta'lim oyligi" doirasida o‘ziga xos  xayrli ishlar ham amalga oshirilmoqda.


Namangan davlat pedagogika institutida "Sifatli va samarali ta'lim oyligi"doirasida talabalar tomonidan bilim va ko‘nikmalarni oshishiga xizmat qiluvchi turli festivallar o‘tkazish bilan birga, o‘ziga xos  xayrli ishlar ham amalga oshirilmoqda.

NamDPI NamDPI

Xususan, yangi yil arafasida Boshlang‘ich va maktabgacha ta'lim yo‘nalishi talabalari ustozlari ko‘magida imkoniyati cheklangan bolajonlarning  ko‘ngillariga quvonch ulashishdek ezgu ishga qo‘l urishdi.

Qo‘l mehnati asosida tayyorlangan turli o‘yinchoqlardan iborat sovg‘alar tayyorlashdi.

Albatta, talabalarning bu kabi ezgu amallari yarim ko‘ngillarga shodlik baxsh etishi tabiiy.